"Manchester Yunayted" hujumchisi "Evro-2020"ni o‘tkazib yuboradi

  • 1 iyun, 2021, 15:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Meyson Grinvud “Evro-2020”da Angliya terma jamoasiga yordam berolmaydi. Bu haqda Angliya terma jamoasining tvitterdagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi uzoq muddatdan buyon uni qiynab kelayotgan jarohat tufayli terma jamoada o‘ynay olmaydi.

Ta’kidlash kerakki, Meyson inglizlarning Evropa chempionatiga boradigan dastlabki tarkibida bor edi.

Grinvud yakunlangan mavsum Angliya premer-ligasida jami 31 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 7 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Angliya terma jamoasi “Evro-2020”ning “D” guruhida Xorvatiya, Chexiya va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!