«Manchester Yunayted» Ispaniyadan ikki himoyachini olish bo‘yicha muzokara boshladi

  • 26.08.2026 15:15
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning mashhur klubi «Manchester Yunayted» nomdor agent Jorje Mendes orqali ikki nafar chap qanot himoyachisini olish bo‘yicha muzokara olib bormoqda, deb xabar bermoqda Sports.kz TeamTalk nashriga tayanib.

 

Klub skautlari hozircha ikki nomzodni ko‘rib chiqmoqda: «Barselona» tarkibida to‘p surayotgan Alehandro Balde va «Rasing» jamoasi himoyachisi Xorxe Salinas. Yangi futbolchi asosiy tarkibdagi Lyuk Shou uchun munosib raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda.

 

Shunga qaramay, «Yunayted» uchun asosiy maqsad hali ham «Nyukasl» himoyachisi Lyuis Xoll hisoblanadi. Biroq uning klubi shunday miqdorda to‘lov talab qilmoqdaki, bu holat angliyalik futbolchini ushbu pozitsiyadagi eng qimmat o‘yinchiga aylantirishi mumkin. Shu sababdan mankuniyanliklar boshqa, nisbatan real variantlarni ham o‘rganishga kirishdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Salinas uchun belgilangan to‘lov 16 million yevro atrofida. Biroq futbolchining o‘zi hozircha madridlik «Atletiko» safiga o‘tishni afzal ko‘rayotgani aytilmoqda. Balde esa «Elche»ga qarshi o‘yin uchun zayavkaga kiritilmaganidan so‘ng, «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik bilan muzokara o‘tkazishi kutilmoqda. Kataloniya klubi boshqa transferlarni moliyalashtirish maqsadida uni sotish variantlarini ko‘rib chiqishi mumkin.

 

«Manchester Yunayted» sport direktori Jeyson Uilkoks Mendes bilan doimiy aloqada ekani va transfer oynasi yopilguncha chap qanot himoyachisi masalasini hal etishga umid qilayotgani qayd etilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!