"Manchester Yunayted" jahon chempioniga yangi shartnoma tayyorlamoqda

  • 09.09.2026 14:12
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» klubi Argentina terma jamoasi himoyachisi Lisandro Martines bilan yangi, uzoq muddatli shartnoma tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Football Insider nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz klubi rahbariyati bu mavsum davomida 28 yoshli futbolchining jismoniy holati va o‘yindagi ko‘rsatkichlarini sinchkovlik bilan kuzatadi. Agar Martines yangi jarohatlardan qutulib, asosiy tarkibdagi o‘rnini saqlab qolsa, unga maoshi oshirilgan va muddati uzaytirilgan yangi shartnoma taklif etilishi kutilmoqda.

Hozirgi kunda argentinalik himoyachining amaldagi shartnomasi 2027 yil iyunigacha mo‘ljallangan. Shu bilan birga, «Manchester Yunayted»da kelishuvni yana bir mavsumga avtomatik ravishda uzaytirish huquqi mavjud. Kutilganidek, klub ushbu imkoniyatdan foydalanishi ehtimoldan xoli emas, shu bois yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarga shoshilmayapti.

So‘nggi to‘rt yil ichida Martines «Manchester Yunayted» safida 112 ta o‘yin o‘tkazdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!