"Manchester Yunayted" janjallashgan futbolchidan birini Angliyaga olib kelmoqchi

  • 11.05.2026 19:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" yozgi transferlar oynasi oldidan jamoa tarkibini kuchaytirish rejalarini tuzmoqda.

"Manchester Evening News" xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" Orelien Tchuamenini "Real Madrid"dan olib kelishga harakat qilib ko‘radi.

Matbuot Tchuameni nomini "Manchester Yunayted" bilan ilk bor bog‘layotgani yo‘q. Transfer amalga oshishiga futbolchining Federico Valverde bilan yaqinda yuzaga kelgan mojarosi ham ta’sir qilishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, ushbu voqeadan keyin "Real Madrid"ning ikki futbolchisi 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgan.

Transfermarkt portali mutaxassislari 26 yoshli Orelien Tchuamenining transfer qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.

Futbolchining "Real Madrid" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtasiga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!