
"Manchester Yunayted" JCh-2018 g‘olibini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi yana "Barselona" himoyachisi Samyuel Umtitining transferiga qaytdi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra JCh-2018 g‘olibiga shaxsan “qizil iblislar” ustozi Ule Gunnar Sulsher jidiy qiziqish bildirmoqda. Norvegiyalik mutaxassis uni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum avvalida Umtiti tizzasidan jiddiy jarohat olgan va mavsumning asosiy qismini davolanish bilan o‘tkazgan edi. Shu bois u o‘tgan mavsum asosiy tarkibga kira olmadi va bor yo‘g‘i 15ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar