"Manchester Yunayted" JCh-2018dan so‘ng Reshfordga yangi shartnoma taklif qiladi
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Markus Reshford bilan kelishuvni uzaytirishni rejalashtirmoqda.
The Sun nashrining xabar berishicha “qizil iblislar” Rossiyadagi mundial yakuniga etishi bilan 20 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashadi. Ushbu kelishuv muvaffaqiyatli yakunlansa, Reshfordning maoshi haftasiga 150 ming evroni tashkil etadi. Bu esa hozirgisidan 55 ming evroga ko‘proq deganidir.
Ma’lumot uchun, Reshfordning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. U yakunlangan mavsum mankuanliklar safida jami 52ta bahsda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar