“Manchester Yunayted” Kazemirodan voz kechishga qaror qildi

  • 26 noyabr, 2023, 15:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemiro yanvardan jamoani tark etishi kutilmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, braziliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni klublaridan bo‘layotgan takliflarni o‘rganib chiqmoqda va tez orada Osiyoga ko‘chib o‘tishga tayyor.

TeamTalk nashri “Manchester Yunayted” rahbariyati yanvarda uni 50 million funtga sotib yubormoqchi. Kazemironing o‘zi transfer yozda amalga oshishini istayapti.

Kazemiro 2022 yilning yozida “Real”dan transfer qilingan edi. Tajribali o‘yinchi yaqinda manchesterliklarni tanlab xato qilganini tan oldi.

Kazemiro hozirga qadar manchesterliklar tarkibida jami 63 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 ta gol va ettita assist yozdirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!