“Manchester Yunayted” kerakli futbolchini topdi

  • 22 mart, 2024, 14:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” mutasaddilari yozgi transferlar davrida tarkibni kuchaytirish maqsadida jamoaga yordam bera oladigan ijrochilarni qidirishda davom etmoqda.

Tecno

Mirror nashriga ko‘ra, manchesterliklar nazariga “Everton” markaziy himoyachisi Jerred Brentueyt tushgan. 21 yoshli futbolchi “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag va klubning selektsiya bo‘limi mutaxassislari e’tiborini tortgan.

Klub xo‘jayinlari jamoada bosh murabbiy o‘zgargan taqdirda ham Brenueytni transferini amalga oshirish fikrida qat’iy turadi. Ular bundan keyin asosiy e’tiborni jamoaga uzoq yillar davomida yordam bera oladigan yosh futbolchilarga qaratadi.

Brentueyt “Everton”da 2020 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Klub bilan 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchi 25 million evroga baholanmoqda.

Iste’dodli himoyachiga “Real” va “Arsenal” kabi grand klublardan ham jiddiy qiziqish bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!