"Manchester Yunayted" Kerrik bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

  • 04.05.2026 17:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrik bilan shartnomani uzaytirishga moyil.

Manbaga ko‘ra, direktorlar kengashi mutaxassisga ishonmoqda va unga uzoq muddatli imkoniyat berishga tayyor. Klubda Kerrik yaxshi taktika va juda muloqotchan murabbiy sifatida baholanmoqda. Shuningdek, "qizil iblislar" aynan unga uzoq muddatli shartnoma qilishlari mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 44 yoshli murabbiy joriy yil boshida jamoa boshqaruvini qo‘lga olgan va mavsum oxirigacha qisqa muddatli shartnoma imzolagan edi. Uning qo‘l ostida "Manchester Yunayted" muddatidan avval Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va 2023 yildan beri ilk bor ushbu musobaqada ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!