“Manchester Yunayted” mag‘lubiyatdan keyin yana ikkita transferga qo‘l uradigan bo‘ldi

  • 23 avgust, 2023, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” futbolchilari Angliya Premer-ligasining ikkinchi turida “Tottenxem”dan 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Bosh murabbiy Erik ten Xag jamoa tarkibi to‘liq shakllanmagan, degan qarorga keldi.

Manchesterliklar yozda to‘rtta transferni amalga oshirgandi. Ular darvozabon Andre Onana, himoyachi Jonni Evans, yarim himoyachi Meyson Maunt hamda forvard Rasmus Xyoylunni jamoa safiga qo‘shib olgandi.

“Manchester Yunayted” joriy mavsumda chempionlik uchun kurashishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Erik ten Xag shogirdlari tanaffusdan keyin Evropa Chempionlar ligasida ham o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!