
"Manchester Yunayted" Makallisterdan umidvor
"Manchester Yunayted" hali ham "Brayton" yarim himoyachisi Aleksis Makallisterni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, argentinalik futbolchiga “qizil iblislar” qiziqishlari davom etmoqda, biroq uning transferi klubning yangi xo‘jayini kim bo‘lishiga bog‘liq.
Makallister mavsumoldi tayyorgarlikni tezda boshlash uchun yangi jamoaga o‘tishni imkon qadar tezroq amalga oshirmoqchi. Hozirda "Liverpul" transfer favoriti hisoblanadi.
Makallister kecha Angliya premer-ligasida "Brayton" uchun "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda g‘alaba keltirdi. Argentinalik futbolchi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida penaltidan gol kiritdi.
Fikrlar