"Manchester Yunayted" Martines transferiga qiziqmoqda

  • 05.05.2023 22:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" yozda "Inter" futbolchisi Lautaro Martinesni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Klub hujumchi uchun 50 million evro sarflamoqchi. "Qizil iblislar" mazkur transferga Marsialni ham qo‘shib berishni rejalashtirgan, deya xabar berdi "Calcio Mercato" nashri. 

Manbaning ta’kidlashicha, milanliklar argentinalik futbolchini jamoadan ketishiga qarshi emas. Martinesning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilda o‘z nihoyasiga etadi. 

Lautaro mavsumni ajoyib tarzda o‘tkazmoqda. U "Inter" tarkibida 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 9 ta assist amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!