"Manchester Yunayted" Mourinoga 5 yillik shartnoma taklif qilmoqda
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga tayyor. Ta’kidlash lozimki, bundan avvalroq tomonlar noyabr oyida bu borada muzokaralarni boshlashlari haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, bularning barchasi albatta jamoaning ko‘rsatadigan natijalariga bog‘liq.
Goal internet nashrining yozishicha mankuanliklar 54 yoshli portugaliyalik mutaxassisga 65 million funt evaziga 5 yillik shartnoma taklif qilishmoqchi. Mourinoning o‘zi esa shartnomani uzaytirish borasida o‘ylamayotganligini aytmoqda. Biroq, MYudagi faoliyatini ham yakunlamoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, “qizil iblislar” APLning o‘tgan 9ta tur yakunlariga ko‘ra 20 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinda borishmoqda.
Fikrlar