
"Manchester Yunayted" Onana masalasida ilk taklifini yubordi, ammo...
"Manchester Yunayted" darvozabon Andre Onananing transferi bo‘yicha "Inter"ga ilk taklifini yubordi.
Jurnalist Alfredo Pedullaning yozishicha, mankunianliklar kamerunlik posbonni 40+5 million evroga sotib olishga harakat qilishgan. Ammo bu variant milanliklarga to‘g‘ri kelmadi.
“Neradzurrilar” Onananing sotuvidan 60 million evrogacha daromad olishni xohlamoqda. Shundan 50 millioni transfer yakunlangach, qolgan 10 millioni esa bonus hisobida to‘lanishi mumkin.
Hozirda tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda va shundan kelib chiqadigan bo‘lsa, "Yunayted" kamida yana bitta taklif bilan chiqadi.
Fikrlar