
"Manchester Yunayted" Onana uchun juda yuqori narx belgiladi!
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi darvozabon Andre Onana uchun transfer narxini belgiladi. Bu haqda "Goal.com" nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, frantsiyaning "Monako" klubi futbolchiga qiziqish bildirganidan so‘ng mankuniyaliklar uning narxini 41 million evro etib belgilagan. Biroq, bunday summa "Monako" uchun yuqori deb topildi. Shuningdek, Onananing o‘zi ham ushbu taklifni rad etgani aytilmoqda.
29 yoshli kamerunlik posbonning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Ayni vaqtda u jamoada qolishi va 19 iyul kuni "Lids"ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Andre o‘tgan mavsum MYu safida barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda qatnashib, 65 ta gol o‘tkazib yubordi va 11 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar