
"Manchester Yunayted" pley-offda, "Bavariya" esa Kievda 1-o‘rinni naqd qildi
Evropa Chempionlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi yakuniga etdi. Ushbu uchrashuvda mankunialiklar raqibdan 2:0 hisobida ustun keldi.
O‘yinning 78-daqiqasida Ronaldu hisobni ochdi. Bahs so‘nggiga yaqin Sancho oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "qizil iblislar" ochkolari sonini 10 taga etkazib oldi. Ayni damda ular o‘z guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. 7 ochkosi bor "Vilyarreal" hozircha ikkinchi pog‘onani band etgan.
MYu ishtirokidagi o‘yin bilan parallel tarzda "Dinamo" Kiev hamda "Bavariya" to‘qnashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Myunxen klubi 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Nemis klubi safida gollarga Levandovski va Koman mualliflik qildi. Bunga "Dinamo" futbolchisi Garmash bir bora javob qaytardi.
Fikrlar