"Manchester Yunayted" qaysi pozitsiyaga futbolchi sotib olishi aniq bo‘ldi

  • 10 oktabr, 19:45
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yangi transferlar yordamida tarkibning markaziy hududlarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. 

Tecno

"Qizil iblislar" qishda faollik ko‘rsatmoqchi emas, sababi klub yozda katta mablag‘ sarfladi. Ammo MYu bir qator futbolchilarning shartnomasi yakunlanishi fonida ularning o‘rinlarini yangi futbolchilar bilan to‘ldirishi tabiiy. Ma’lum bo‘lishicha, klub Kazemiro bilan shartnomasini uzaytirmaydi, bu esa, "Yunayted"ga katta maosh oluvchi futbolchilar sonini kamayishiga qo‘l keladi. Manchesterliklar qiziqayotgan tayanch yarim himoyachilari orasida "Brayton" futbolchisi Karlos Baleba va "Nottingem Forest" a’zosi Elliot Anderson bor.

Ma’lumot uchun, "Manchester Yunayted" joriy mavsum APL da 7-turdan so‘ng, 10 ochko bilan o‘ninchi o‘rinni band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!