“Manchester Yunayted” rahbariyati Sulsher orzu qilgan futbolchidan voz kechdi

  • 11 avgust, 2020, 19:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yozgi transferlar vaqtida “Aston Villa” yarim himoyachisi Jek Grilishni olish fikridan qaytdi.  

Jamoa bosh murabbiyi Sulsher orzu qilayotgan futbolchining narxi 80 million funtga baholanganidan keyin manchesterliklar rahbariyati Grilishning o‘rniga arzonroq yarim himoyachini jalb qiladigan bo‘ldi.

Hozircha, MYu mutasaddilari “Ayaks” etakchilaridan biri Donni van de Bekni mo‘ljallamoqda. Iqtisodiy muammolar tufayli bu futbolchining “Real”ga transferi amalga oshmay qolgandi. Endi Manchester shahri jamoasi  Chempionlar ligasida suyagi qotgan futbolchini 40-50 million evro evaziga oladigan bo‘ldi.

Transfer ishlari Evropa Ligasi bellashuvlari yakunlanganidan keyin boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!