"Manchester Yunayted" Reşfordni almashtiradigan "Barselona" futbolchisini tanladi

  • 18.03.2026 19:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" va "Barselona" Markus Reşford transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Angliyalik vinger "ko‘k-anorranglilar" tomonidan joriy mavsum yakuniga qadar ijaraga olingan. Kataloniyaliklar futbolchini 30 mln yevroga sotib olishi mumkin, ammo buncha pul to‘lash istagi yo‘q.

 El Nacional nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "qizil iblislar" rahbariyati "Barsa" xavbeki Mark Kasadoni Reşford bilan almashishmoqchi. Bunday ayirboshlash doirasida Premier-liga grandi 10 mln yevro miqdorida qo‘shimcha to‘lov talab qiladi.

Transfermarkt portali 28 yoshli Reşfordning narxini 40 mln yevroga, 22 yoshli Kasadonining narxini 20 mln yevroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!