
"Manchester Yunayted" Ronalduga o‘rinbosar topdi
"Mirror" nashrining xabar berishicha, Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi PSV hujumchisi Kodi Gakpo bo‘yicha taklif bilan chiqdi.
Manbaga ko‘ra, MYu Eyndxoven klubining moliyaviy muammolaridan xabardor. Bu niderlandiya jamoasi 23 yoshli hujumchini yanvar oyidayoq 50 million evrodan kamroqqa qo‘yib yuborishga tayyorligini bildiradi.
Manchesterliklar ustozi ten Xagning fikricha, Gakponing sotib olinishi jamoaning chempionatda kuchli to‘rtlikdan joy olishidagi imkoniyatlarini oshiradi. Mutaxassisning aytishicha, 23 yoshli futbolchi jamoaga Krishtianu Ronaldu bera olmagan hujumdagi tajovuzkorlik va g‘alabaga tashnalikni olib keladi.
Eslatib o‘tamiz, Gakpo Qatardagi mundialda Niderlandiya terma jamoasi safida beshta uchrashuvda qatnashib, uchta gol urishga erishdi.
Fikrlar