“Manchester Yunayted” Ronalduni sudga beradi

  • 20.11.2022 19:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” o‘z hujumchisi Krishtianu Ronaldu ustidan sudga da’vo arizasini kiritishga tayyor. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ta’kidlashicha, aslida klub rahbariyatining sudga murojaat qilish niyati yo‘q, lekin futbolchi shartnomani badalsiz bekor qilishdan bosh tortsa, ish sudyalar hukmiga havola qilinadi.

Klub mutasaddilari jahon chempionatidan keyin portugaliyalik futbolchining Manchesterga qaytib kelishini istamayapti. Bosh murabbiy Erik ten Xag ham bundan buyon Ronaldu bilan ishlashni xohlamasligini bildirgan.

Ronaldu taniqli jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida klubni va bosh murabbiyni keskin tanqid qilganidan keyin o‘zi shundoq ham murakkab bo‘lgan munosabatlar tamoman buzildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!