
“Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyni klubga qaytarmoqchi
“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoani boshqargan germaniyalik mutaxassis Ralf Rangnikni yana klubga qaytarmoqchi.
SimplyUtd nashrining ma’lum qilishicha, bu gal manchesterliklar Rangnikni sport direktori lavozimini egallash uchun chaqiryapti.
Klubda bu vazifani besh oy davomida bajarib kelgan Den Eshuort o‘zaro kelishuvga ko‘ra, iste’foga chiqdi.
Ralf Rangnik 2021-2022 yillar davomida “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan va uning qo‘l ostida jamoa Angliya Premer-ligasida oltinchi o‘rinni egallagan.
Shundan keyin tajribali mutaxassis Avstriya terma jamoasi bosh murabbiy etib tayinladi va hozirga qadar shu ishini davom ettiryapti.
Manbaga ko‘ra, Ralf Rangnikni o‘zi ham Angliyaga qaytib, “Manchester Yunayted” tizimida ishlashga moyillik bildirmoqda.
Fikrlar