
“Manchester Yunayted” tinimsiz gol urayotgan hujumchini olib keladi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag ko‘p gol uradigan hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Ana shu maqsadda, manchesterliklar “Shtutgart” to‘purari Seru Girassi bilan muzokara boshladi.
Sky Germany nashrining ma’lum qilishicha, gvineyalik 27 yoshli futbolchining o‘zi ham Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishga qiziqish bildiryapti.
Girassi joriy mavsumda Bundesligada 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qildi. Bundan tashqari, mohir hujumchi Germaniya kubogida ikkita o‘yinda bir juft to‘p kiritdi.
Seru ilgari “Lill”, “Kyoln”, “Amen”, “Renn” kabi jamoalarda o‘ynagan, lekin yuqori samaradorlik bilan ko‘zga tashlanmagan edi.
Fikrlar