“Manchester Yunayted” transferi barbod bo‘ldi
“Manchester Yunayted” rahbariyati jarohat olgan himoyachilar o‘rnini to‘ldirishga harakat qilmoqda.
Jamoa nishonidagi futbolchilar orasida “Chelsi”ga kerak bo‘lmay qolgan Mark Kukurelya ham bor edi. Tomonlar ispan himoyachisi bo‘yicha muzokara olib borayotgandi.
The Athletic nashrining yozishicha, bu transfer barbod bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Manchester shahri klubi Kukurelyani yarim mavsumga ijaraga olmoqchi bo‘lgan. Ular himoyachini yanvarda Londonga qaytarishni taklif qildi. Biroq bu variant “aristokratlar”ni qoniqtirgani yo‘q.
“Chelsi” Kukurelyani o‘tgan yili “Brayton”dan 65 million evroga transfer qilgandi. Yangi bosh murabbiy Maurisio Pochettino uning xizmatlaridan umuman foydalanmoqchi emas. Zaxiraga o‘tirib qolgan futbolchining transfer summasi teng baravariga arzonlab qolgan. Uning klub shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etadi.

Fikrlar