
“Manchester Yunayted” uchta superto‘purarni olib keladi
“Manchester Yunayted” avvalgi mavqeini qaytarish uchun hujum chizig‘ini sezilarli darajada kuchaytiradigan bo‘ldi.
Birinchi navbatda, klub rahbariyati “Tottenxem”dan ketish ilinjida yurgan Harri Keynni transfer qiladi.
Jamoa bu bilan cheklanib qolmaydi. Manchesterliklarni kuchli uchlikka qaytargan bosh murabbiy Erik ten Xag o‘z jamoasida A Seriya to‘purari Viktor Osimxenni ham ko‘rmoqchi. “Napoli” hujumchisi eng ko‘p xaridor e’tiborini tortayotgan o‘yinchilardan hisoblanadi.
Shuningdek, manchesterliklar Portugaliya chempionatida porlayotgan “Benfika” forvardi Gonsalu Ramushni ham nishonga oldi.
Fikrlar