“Manchester Yunayted” uchun to‘rt “ustun”

  • 2 avgust, 2024, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yana jahon futbolidagi yuqori mavqeini tiklashga urinmoqda. Ayniqsa, milliarder ser Jim Retkliff klub aktsiyalarining bir qismini qo‘lga kiritganidan keyin bu orzu maqsadli harakatga aylandi.

Ekspertlar “Manchester Yunayted” hujumchi Joshua Zirkzee va himoyachi Leni Yoroni xarid qilganidan tashqari jamoa darajasini ko‘tarishga qodir to‘rt futbolchi haqida ma’lumot berdi.

Matteys de Ligt

Manchesterliklar Yoroni qo‘lga kiritganiga qaramay, himoya chizig‘ini yanada mustahkamlashi kerak. Manchesterliklarning hozirgi bosh murabbiyi Erik ten Xag “Ayaks”da ishlagan davrda niderlandiyalik futbolchini dunyoning eng zo‘r himoyachilari darajasiga olib chiqqan.

Manuel Ugarte

Manchesterliklarning maydon markazidagi muammolarini Maunael Ugarte hal qilib berishi mumkin. Jamoaga yosh, toliqmas, harakatchan va chaqqon tayanch yarim himoyachisi kerak. Ugarte bu pozitsiyada o‘ynashga mos. U to‘pni olib qo‘yishdan tashqari, jamoadoshlariga aniq pas uzatishni ham yaxshi uddalaydi.

Nussair Mazraui

“Manchester Yunayted” o‘ng qanot himoyachisi Aaron Van-Bissakaning o‘yinlaridan har doim ham qoniqish hosil qilmaydi. “Bavariya” vakili hisoblangan Nussair Mazraui o‘z davrida “Ayaks”da Erik ten Xagdan ko‘p narsa o‘rgangan va qadrdon ustozi bilan yana birga ishlashga qarshi emas.

Ferdi Kadioglu

Mutaxassislar turk futbolchisi manchesterliklarning chap qanot himoyasidagi kamchiliklarni yopishga qodirligini aytmoqda. Qolaversa, bu pozitsiyada o‘ynab kelayotgan Lyuk Shou va Tayrell Malasia jarohatga moyil. Ularga yaxshi o‘rinbosar sifatida Ferdi Kadioglu tavsiya qilinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!