
"Manchester Yunayted" uning o‘rnini to‘ldirmasa bo‘lmaydi
"Manchester Yunayted" Krishtianu Ronaldu jamoadan ketganidan so‘ng uning o‘rnini to‘ldirish uchun yangi markaziy hujumchi qidirmoqda.
37 yoshli hujumchi o‘tgan yilning noyabr oyi oxirida "qizil iblislar"ni tark etgandi. "ESPN" nashrining malum qilishicha, mankunianliklar short-listida birdaniga bir nechta futbolchi bor. Gap Xarri Keyn, Viktor Osimxen va Benjamin Sheshko haqida ketmoqda.
O‘tkazilgan 17 ta o‘yin natijasiga ko‘ra, mankunianliklar 35 ochko jamg‘argan holda, APL turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar