
"Manchester Yunayted" xavbeki "Chelsi" taklifini rad etmoqchi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Eynjel Gomes Londonning "Chelsi" klubi tomonidan bildrilayotgan taklifga rad javobini bermoqchi.
Mirror nashri ma’lumotiga ko‘ra, angliyalik yosh iqtidor egasi klub rahbariyatiga "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish masalasida muzokaralar boshlashga tayyorligini bildirgan.
Oldinroq, yozda erkin agentga aylanadigan 19 yoshli futbolchi uchun "Barselona", "Inter" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.
Joriy masumda Gomes mankunianliklar tarkibida Angliya chempionati bahslarida ikkita o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar