"Manchester Yunayted" xavfli vaziyatlar yaratish bo‘yicha APLda peshqadam

  • 25.12.2025 23:06
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumida yaratilgan golli vaziyatlar soni bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda. WhoScored statistik portali ma’lumotlariga ko‘ra, jamoa 207 ta golli vaziyat yaratib, chempionat klublari orasida birinchi o‘rinni egallagan. Ikkinchi o‘rinda 204 ta golli vaziyat bilan "Liverpul" bormoqda. Kuchli uchlikni 186 ta vaziyat yaratgan "Manchester Siti" yakunlab bergan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinlarni "Chelsi" (181) va "Arsenal" (171) band etgan.

"Manchester Yunayted" 17-turdan keyin APL turnir jadvalida 26 ochko bilan ettinchi o‘rinda bormoqda. "Liverpul" 29 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda. "Manchester Siti" 37 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda va peshqadam "Arsenal"dan atigi 2 ochko ortda qolmoqda. "Chelsi" "Liverpul" bilan bir xil ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda, ammo to‘plar nisbati bo‘yicha ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!