"Manchester Yunayted" yaponiyalik darvozabon sotib olmoqchi

  • 09.07.2023 13:04
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" De Xea ketganidan keyin uning o‘rniga Onanani sotib olishga yaqin turibdi. Shuningdek, "qizil iblislar" 2002 yilda tug‘ilgan yaponiyalik posbon Sion Suzukini ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda. 

Mazkur transfer Manchester jamoasiga 5 million funtga tushishi kutilmoqda. "Urava Reds" klubi uni qo‘yib yuborishga tayyor. 

"Manchester Yunayted" ayni damda Onana transferi ustida ishlamoqda. Darvozabonning o‘zi bilan kelishib olingan. Endi "Inter"ning roziligi kerak. Bundan tashqari, Sofyan Amrabat, Rasmus Xyoylunnham faoliyatini ushbu klubda davom ettirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!