"Manchester Yunayted" yarim himoya chizig'ini tubdan yangilaydi
"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoaning yarim himoya chizigʻini jiddiy ravishda kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Fabrizio Romano maʼlumotiga koʻra, "Atalanta" futbolchisi Ederson tez orada "qizil iblislar" safiga qoʻshiladi. Biroq braziliyalik yarim himoyachi bu yozdagi soʻnggi transfer boʻlmaydi.
Manbaning taʼkidlashicha, Kazemiro va Manuel Ugarte jamoani tark etishi kutilmoqda. Shu sababli manchesterliklar Edersondan tashqari yana kamida bir yoki ikki nafar yangi yarim himoyachini xarid qilishni rejalashtirgan.
Edersonning transferi uchun "Manchester Yunayted" 40 million yevro toʻlaydi. Bu summaga bonuslar kiritilmagan.
Turli manbalarga koʻra, Angliya grandi Elliot Anderson, Orelien Tchuameni, Mateush Fernandes, Adam Uorton va Karlos Baleba kabi yarim himoyachilarga ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar