"Manchester Yunayted" yarim himoyachisining klubdagi kelajagi hali hamon noaniqligicha qolmoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynuning klubdagi kelajagi hali ham ochiq masala bo‘lib turibdi.
Jurnalist Natan Salt ma'lumotiga ko‘ra, futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar cho‘zilib ketgan. Ruben Amorim ketganidan so‘ng vaziyat biroz yaxshilangan va Maynu yana asosiy tarkibga qaytishni boshlagan. Biroq tomonlar haligacha maosh borasida kelishuvga erisha olmayapti.
Kobbi Maynu "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda 20 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt portali Maynuning transfer qiymatini 40 million yevro deb baholamoqda.
Fikrlar