
“Manchester Yunayted” yulduzini to‘rtta klub kutmoqda
“Manchester Yunayted”ning frantsiyalik himoyachisi Rafael Varan yana Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin.
31 yoshli futbolchining manchesterliklar bilan shartnomasi yakunlanish arafasida. Klub unga yangi bitim taklif qilmaydi.
Erkin agentga aylanayotgan tajribali himoyachiga xaridorlar chiqyapti. Todofichajes nashrining yozishicha, Varanni “Atletiko”, “Sevilya”, “Real Sosedad” va “Betis” o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.
Varan “Lans” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011 yili “Real”ga ko‘chib o‘tgan Rafael o‘n yil davomida madridliklar sharafini himoya qilib, katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar