
“Manchester Yunayted” yulduzini to‘xtatib bo‘lmaydi...
“Manchester Yunayted” pleymeykeri Brunu Fernandesh 2020 yilning fevral oyida Angliya premer-ligasiga kelganidan beri samaradorlik bo‘yicha rekordlarni yangilab kelmoqda.
Portugaliyalik yarim himoyachi yangi mavsumning ilk uchrashuvida “Lids” darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilib, xet-trikka erishdi. Shu bilan Brununing gol+pas tizimida to‘plagan ballari soni 58 taga etdi.
U “Manchester Yunayted” uchun 29 ta gol urib, 19ta golli pas uzatdi. Bu Angliya premer-ligasining rekordi hisoblanadi. Angliya premer-ligasining hech bir futbolchisi debyut qilganidan buyon bunaqa sermahsullik ko‘rsata olmagan.
Fikrlar