
“Manchester Yunayted”da katta yo‘qotish bo‘lishi kutilyapti
“Manchester Yunayted”ning nomdor futbolchisi Kristian Eriksen yozgi transferlar vaqtida jamoasini o‘zgartirish ehtimoli katta.
The Sun nashrining ta’kidlashicha, daniyalik futbolchi Niderlandiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin.
Jiddiy o‘zgarishlarga yuz tutayotgan “Ayaks” tajribali yarim himoyachini o‘z safiga chorlayapti. Eriksen amsterdamliklar safida 2010-2013 yillar davomida to‘p tepgan.
Yakunlangan mavsumda 32 yoshli futbolchi kutilgan darajada o‘yin ko‘rsata olmadi. Eriksen faqat 22 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi xolos.
Fikrlar