“Manchester Yunayted”dagi davring tugadi, ketasan!
“Manchester Yunayted” himoyachisi Fil Jons yozda o‘ziga boshqa klub topishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano ma’lumot tarqatdi.
Manchesterliklar 31 yoshli futbolchiga yangi bitim taklif qilmaydigan bo‘ldi. Jons jamoani erkin agent sifatida tark etadi.
Tajribali himoyachi “Manchester Yunayted” sharafini 2011 yildan beri himoya qilib kelmoqda. Shu paytga qadar 229 ta uchrashuvda qatnashib, oltita gol va o‘nta assist muallifi bo‘ldi.
Fil Jons manchesterliklar bilan birga jami oltita sovrinni qo‘lga kiritgan. Endi bu futbolchi omadini boshqa klublardan qidirishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Fikrlar