"Manchester Yunayted"dan ketgan Amorim endi nima qilmoqchi?
"Manchester Yunayted"dan isteʼfoga chiqarilgan Ruben Amorim unga Yaqin Sharq va Braziliya jamoalari tomonidan katta qiziqish bildirilayotganiga qaramay, mavsum oxirigacha klublarning takliflarini ko‘rib chiqmaslikka qaror qildi. Bu haqida jurnalist Rudi Galetti X ijtimoiy tarmog‘ida maʼlum qildi.
MYUning sobiq murabbiyi dam olish, oilasi bilan vaqt o‘tkazish va keyingi mavsumdagina murabbiylik faoliyatiga qaytish niyatida. Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni "Manchester Yunayted" Ruben Amorim jamoa bosh murabbiyligidan isteʼfoga chiqarilganini rasmiy eʼlon qildi.
OAV maʼlumotlariga ko‘ra, mutaxassis mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilgani uchun katta miqdorda konpensatsiya puli oladi. Amorim "qizil iblislar" safida 2024 yilning noyabridan buyon ishlab kelayotgandi, 2026 yilning yanvarida esa jamoani tark etdi. Uning shartnomasi kelasi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan edi. Konpensatsiya sifatida u 10,05 million funt sterling (11,6 million yevro) oladi.
Fikrlar