
“Manchester Yunayted”ga kerak bo‘lmay qolgan yulduz darrov ish topdi
Frantsiyalik hujumchi Antoni Marsyal “Manchester Yunayted”ga to‘qqiz yil avval olib kelingan bo‘lsa-da, mahoratining eng cho‘qqisiga ko‘tarila olmadi.
Klub rahbariyati yozda Marsyal bilan xayrlashishga qaror qilgan. Uning shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi va klub hamkorlikni uzaytirmaydi.
Antoni mavsumni ancha bo‘sh o‘tkazayotgan bo‘lsa-da, unga jiddiy xaridorlar chiqmoqda.
Teamtalk nashriga ko‘ra, frantsiyalik forvardga “Tottenxem” qiziqish bildirmoqda va uni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.
Bundan tashqari, Marsyalni Italiyaga taklif qilishmoqda. “Yuventus” va “Inter” kabi kuchli klublar tajribali futbolchi bilan hamkorlik qilishga tayyor.
28 yoshli o‘yini joriy mavsum atigi 13 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar