"Manchester Yunayted"ning qimmatbaho xaridi qaysi raqam ostida o‘ynashi ma’lum

  • 3 sentabr, 2022, 12:49
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning yangi xarid qilingan hujumchisi, yozgi transfer oynasida Amsterdamning "Ayaks" klubidan katta pulga sotib olingan Antoni qaysi raqam ostida o‘ynashi ma’lum.

Mankunianliklar matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi "qizil iblislar" safida 21-raqam to‘p tepadigan bo‘ldi. Ungacha bu raqamdan Ander Errera, Edinson Kavani va Daniel Jeyms foydalangan.

Antonining transferi MYu rahbariyatiga 95 million evroga tushdi. U bilan 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladigan uzoq muddatli shartnoma imzolangan.

"Manchester Yunayted"ning navbatdagi o‘yini Londonning "Arsenal" jamoasiga qarshi bo‘ladi. Uchrashuv 4 sentyabr yakshanba kuni "Old Trafford"da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!