
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi APL klubini boshqarishi mumkin
Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" klubi sobiq yarim himoyachisi Maykl Kerrikning nomzodi "Vest Xem" bosh murabbiyi lavozimiga ko‘rib chiqilmoqda.
Aytish kerakki, 41 yoshli mutaxassis hozirda Chempionshipda “Midlsbro” klubini boshqarmoqda. Times Sport nashri xabariga ko‘ra, "Vest Xem" yaqinda Devid Moyes bilan xayrlashishi mumkin va uning o‘rniga aynan Kerrik nomzodiga qiziqish bildirmoqda. "Bolg‘achilar" joriy mavsumda ishonchsiz natijalar ko‘rsatishmoqda va shu bois shotlandiyalik mutaxassisning o‘rniga yanada salohiyatli murabbiy jalb etish bo‘yicha nomzodlar o‘rganilmoqda.
Maykl Kerrikning "Midlsbro" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Murabbiy hozirgi lavozimida 2022 yilning oktyabridan buyon ishla kelmoqda.
Fikrlar