“Manchester Yunayted”ning yana bir taklifi rad etildi

  • 18.08.2022 11:29
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning AS nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" "Atletiko"ga hujumchi Joau Feliks uchun 130 million evro taklif qilgan, ammo Madrid klubi bu taklifni rad etgan.

Mish-mishlarga ko‘ra, "Atletiko" "Manchester Yunayted"ga 22 yoshli portugaliyalikning shartnomasida ko‘rsatilgan 350 million evro miqdoridagi tovon pulini ko‘rsatib, muzokaralar olib borishni istamagan. Boisi, yangi mavsumda “matraschilar” futbolchidan ko‘proq narsa kutmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 2019 yilda “Atletiko” Feliksni “Benfika”dan 127,2 million evroga sotib olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!