Manchesterdan baribir ketaman!
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan kelisha olmay qolgan Jeydon Sancho baribir jamoani tark etish fikridan qaytgani yo‘q.
Yuzaga kelgan ziddiyatdan so‘ng, klub Sanchodan uzr so‘rashini talab qildi. Jeydon bunga bo‘ysungani yo‘q.
Erik ten Xag 23 yoshli futbolchini jamoadan chetlatdi va kechirmoqchi emas.
Sancho o‘yin amaliyotisiz qolib ketmaslik uchun qishki transferlar vaqtida o‘ziga yangi jamoa topishi kerak.
Hujumkor futbolchiga Angliya Premer-ligasining bir necha klublaridan chorlov bo‘lmoqda. Biroq Sancho Bundesligani ma’lum ko‘ryapti.
Jeydon Sancho agentlari “Bavariya” va o‘yinchi ilgari to‘p tepgan Dortmundning “Borussiya” jamoasi bilan muzokaralar olib borayotgani haqida ma’lumotlar bor.
Fikrlar