Manchesterga bosh murabbiy bo‘lsam, shu uch futbolchini yo‘qotaman!

  • 7 mart, 10:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyligiga katta umidlar bilan olib kelingan Ruben Amorim ham ishonchli to‘liq oqlay olmadi.

Portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida jamoada aytarli ijobiy o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q. Klub rahbariyati yana bosh murabbiyni o‘zgartirishga bel bog‘lagan. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Yunayted”ni Xavi Ernandes qabul qilib olishga tayyor.

El Nacional nashrining yozishicha, “Barselona”ning sobiq ustozi “Manchester Yunayted” tarkibi bo‘yicha o‘z rejalarini ishlab chiqa boshladi. Unga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis jamoani qabul qilib olishi  bilan uch futbolchini haydaydi.

Xavi darvozabon Andre Onana, himoyachi Matteys de Ligt va hujumchi Alexandro Garnacho bilan ishlamoqchi emas. Bundan tashqari, vaqt o‘tishi bilan tarkib Xaviga ma’qul kelmaydigan o‘yinchilar bilan xayrlashib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!