Manchesterlik ikki markaziy himoyachi “Real”ga o‘z xizmatini taklif qildi

  • 12.12.2025 06:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” mavsumning qizg‘in pallasida himoya chizig‘ida jiddiy muammolarga duch keldi. Ayniqsa, Eder Militaoning yana og‘ir jarohat olgani klubga qattiq zarba bo‘ldi.

Defensa Central nashri ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro tajribaga ega ikki markaziy himoyachi – Jon Stounz va Garri Maguayrning agentlari “Qirollik klubi”ga darhol o‘z mijozlari xizmatini taklif qildi. Bu holat “Real”ning markaziy himoyachiga bo‘lgan keskin ehtiyoji tufayli vujudga keldi.

“Manchester Siti” vakili Jon Stounz va “Manchester Yunayted” o‘yinchisi Garri Maguayr ham o‘z jamoalarida oxirgi mavsumini o‘tkazmoqda. Ularning klublari hali yangi shartnoma masalasini hal qilgani yo‘q.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Militao o‘rniga Jon Stounz yaxshi variant bo‘lishi mumkin. Chunki yuqori darajada o‘yin ko‘rsata oladigan, nafis uslubdagi markaziy himoyachi transfer uchun ochiqligi uchun ham bu variant jozibador ko‘rinmoqda. Biroq angliyalik himoyachining jarohatlar tarixi vaziyatni tubdan o‘zgartiradi.

Garri Maguayr qanchalik tajribali bo‘lmasin, oxirgi mavsumlarda unga barqarorlik etishmayapti. Qolaversa, mutaxassislar uning o‘yin uslubi “Real”ga to‘g‘ri kelmasligini aytmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!