Manchesterliklar “Barsa”ga zo‘r taklif tayyorladi

  • 18 may, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoaga kerak bo‘lmay qolgan Meyson Grinvuddan to‘liq qutilmoqchi.

Angliyalik futbolchi mavsumni ijara asosida “Xetafe”dan o‘tkazib, ancha samarali o‘yin ko‘rsatdi va “Barselona” nazariga tushdi.

Manchesterliklar o‘z tarbiyalanuvchisini Kataloniyaga qo‘yib yuborishga tayyor va bu borada o‘z taklifini shakllantirdi. Ular Grinvudni “Barsa”ning braziliyalik hujumchisi Vitor Rokega alishtirmoqchi.

Roke yanvarda kelganiga qaramay, etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi. Uning agentlari yozda futbolchini boshqa jamoaga olib o‘tmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!