
Mane, Saloh va Maxrez yoxud Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar ma’lum
Afrika futbol Konfederatsiyasi (CAF) 2021/22 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatdan Sadio Mane (“Bavariya” va Senegal), Muhammad Saloh (“Liverpul” va Misr), Riyod Maxrez (“Manchester Siti” va Jazoir), Karl Toko-Ekambi (“Lion” va Kamerun), Vensan Abubakar (“An-Nasr” va Kamerun), Sebastyan Aller ( "Borussiya D" va Kot-d'Ivuar), Nabi Keyta (“Liverpul” va Gvineya), Ashraf Hakimi (PSJ va Marokash), Eduard Mendi (“Chelsi” va Senegal) hamda Kalidu Kulibali (“Napoli” va Senegal) kabi futbolchilar joy oldi.
Yilning eng yaxshi terma jamoasi nomi uchun Burkina-Faso, Misr, Kamerun, Marokash va Senegal kurash olib boradi.
G‘oliblar Konfederatsiya texnik qo‘mitasi, jurnalistlar, terma jamoalar bosh murabbiylari va sardorlarining ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.
CAF Awards 2022 21 iyul kuni Marokashning Rabot shahrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar