
Mane “Liverpul”ni tark etish sababini aytdi
"Bavariya"ning senegallik futbolchisi Sadio Mane nega yozda "Liverpul"ni tark etishga qaror qilganini aytdi.
“O‘tgan yili “Liverpul”ni tark etishga qaror qildim. Menga yangi chaqiruv kerak va bu to‘g‘ri vaqt edi. Premer ligada sakkiz yil o‘ynadim, shundan olti yilini mersisaydliklar uchun o‘tkazdim. Biz deyarli hamma sovrinni yutdik. Shuning uchun men o‘zimni boshqa chempionatda sinab ko‘rishga qaror qildim", - deya Manening so‘zlaridan iqtibos keltiradi “BBC Sport” nashri.
30 yoshli senegallik futbolchi 1 iyul kuni “Liverpul”dan “Bavariya”ga 32 million evro evaziga ko‘chib o‘tdi va myunxenliklar bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Mane 2016 yilning iyulidan buyon "Liverpul"da to‘p tepib kelayotgan edi. 2021/22 yilgi mavsumda hujumchi “qizillar” safida 51 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar