Mane "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindan oldin nimalar dedi?

  • 30 iyun, 2020, 18:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” forvardi Sadio Mane «Manchester Siti»ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Men har doim aytganman, biz to‘xtashimiz kerak emas. Biz chempion bo‘lganimizdan keyin ham to‘xtamaymiz. Biz faoliyatimizda yangi sahifa ochdik, ammo kelajakda yana nimalarga erishishimiz mumkinligiga amin bo‘lishimiz kerak.

Futbolda rekordlar doim yo‘q qilinadi. Biz ham chempion bo‘lganimizdan keyin yana nimagadir erishishni xohlaymiz.

“Manchester Siti”ga qarshi yaxshi o‘yin bo‘ladi. Biz g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilishimiz kerak, hech qanday bahona ketmaydi. Biz qolgan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishni rejalashtiryapmiz”, - deydi Mane.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” – “Liverpul” bahsi 2 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!