Manening transferi "Barselona"ga qanchaga tushishi mumkin?

  • 25 fevral, 2020, 17:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi "Liverpul" forvardi Sadio Maneni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Biroq, senegallik to‘purarni qo‘lga kiritish “ko‘k-anor ranglilar” uchun oson kechmasligi aniq. Manening transferi kataloniyaliklarga jami 260 mln evroga tushadi. Boisi, “Barsa” futbolchining transfer narxiga yana qo‘shimcha 100 mln evro qo‘shib berishi kerak.

Aytish kerakki, bunday kelishuv Filippe Koutinoning transferida ham amalsha oshirilgan edi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Mane joriy mavsum “Liverpul” safida jami 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 17 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!