Manjukich "Milan"da o‘ynamoqchi

  • 15 yanvar, 2021, 18:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xorvatiyalik hujumchi Mario Manjukich faoliyatini davom ettirish uchun 5 ta variantga ega bo‘la turib, "Milan"ni tanladi.

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 34 yoshli futbolchiga Ispaniya, Turkiya va Rossiya klublaridan takliflar bo‘lgan. Aniqrog‘i, erkin agent hisoblangan Manjukichga "Selta", "Beshiktosh", "Lokomotiv", TsSKA va "Spartak" klublari jiddiy taklif bilan murojaat qilgan.

"Bavariya", "Atletiko" va "Yuventus" klublaridagi faoliyati bilan tanilgan Manjukich “Milan”da o‘ynashni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!